Nukus va Mo‘ynoqda ayollar biznes-loyihalari uchun startap-akselerator

Стартапы могут внести свой вклад в изменение климата!

Loyiha doirasida 2 yil ichida Nukus va Mo‘ynoqda faoliyat ko‘rsatuvchi ayollar tomonidan boshqariladigan 20 ta startap-loyiha uchun akseleratsiya dasturini o‘tkazish rejalashtirilmoqda. 

Eng yaxshi 6 ta loyiha 2 000 AQSH dollari miqdorida investitsiyaga ega bo‘ladi.

Qatnashchilardan nima talab etiladi?

  • Maksimal darajada qatnashish va barcha tadbirlarda faol ishtirok etish
  • Loyihani amalga oshirish bilan bog’liq jadal va mustaqil mehnatga tayyorlik
  • Loyihangizga nisbatan ishtiyoq, fikrlash erkinligi va ijodkorona yondashish
  • Natijaga e’tibor qaratish va maqsadga erishish uchun tadbirkorona yondashuv
  • Konstruktiv tanqidni qabul qilish, teranlik va yuqori ichki energiya

Kimlar qatnashishi mumkin
 

Sizda biznes g‘oyasi bormi? Loyihangizni rivojlantirishga $2000 olishni istaysizmi? 

Agar sizda quyidagi sohalarda startap g‘oyasi mavjud bo‘lsa, unda ariza bering:

  • Suv resurslarini boshqarish, suvni tozalash;
  • Atrof-muhitning ifloslanishi;
  • Energetika, muqobil energiya manbalari (quyosh, shamol);
  • Qishloq xo‘jaligi, agrobiznes;
  • Turizm;
     

Dasturimizdan quyidagilarni kutishingiz mumkin:

STAGE 1

Biznes-reja uchun №1 vazifa

1. Joybardıń " REZYUME " bólimin aldınnan toltırıw. 

2. " BIZNES - JOYBAR qatnasıwshıları HAQQINDA MAǴLÍWMAT“ bólimin toltırıw.  

STAGE 2

Customer Development
  • Maqsadli auditoriyaning “og‘riqli” joyi va muammolarini topish.
  • Mijozlarni segmentlarga ajratish
  • Muammoni ko‘taradigan intervyu (B2C  uchun kamida 50 ta va B2B uchun kamida 15 ta yakunlangan intervyu)

Siz 4 ta vazifani bajarishingiz va o‘zingiz o‘tkazgan muammo ko‘tarilgan intervyu bo‘yicha hisobot tayyorlashingiz kerak:

  1. Maqsadli auditoriyangiz kim? Batafsiz tavsiflang
     
  2. Siz bu mijozlarning qaysi muammosini hal etmoqchisiz? 
     
  3. Muammo ko‘tarilgan intervyu uchun so‘rovnoma tayyorlash (muammoli intervyuda mijozlaringizga beradigan savollaringiz ro‘yxati)
     
  4. Muammoli intervyular natijalarini ko‘rsatish (jadvalda / grafikda). Nechta odam/kompaniyalarni so‘rovdan o‘tkazdingiz? Intervyu o‘tkazishdan oldin sizda qanday gipotezalar bor edi? Intervyudan keyingi asosiy xulosalaringiz. Intervyudan keyin gipotezalaringizda nimalar o‘zgardi? 

Ikkinchi bosqich vazifasimijozlarning muammolarini tadqiq qilish / hozir odamlar bunday muammolarni qanday hal qilishini tushunish va bozor haqidagi / mijozlarning muammolari haqidagi gipotezalaringizni hamda mahsulotingiz / xizmatlaringiz qay darajada zarurligini tekshirish. 

 

STAGE 3

MVP yaratish

Mahsulot yoki xizmatning prototipi / minimal ishchi versiyasini yaratish ustida ishlash.

Jamoalar real foydalanuvchilarda sinab ko‘rish va teskari aloqaga ega bo‘lish mumkin bo‘lgan mahsulotni yaratadi. 

STAGE 4

Biznes-model, loyiha metrikalari

Bu vazifada 3 ta topshiriq bor:

1.) O‘z biznes modelingizni to‘ldirish
2.) Bozor hajmini hisoblashga urinib ko‘rish 
3.) Asosiy metrikalarni hisoblashga urinib ko‘rish 

STAGE 5

Demo kuni uchun taqdimot tayyorlash

Demo kunida chiqish uchun har bir jamoa loyiha talablariga binoan taqdimot tayyorlaydi.

50bir soatlik dastur

Dastur qatnashchilari nimaga erishadilar?
 

  • Biznes bo‘yicha 6 oy davomida o‘tkaziladigan seminarlar;
     
  • Xalqaro va mahalliy mentorlar va ekspertlarning konsultatsiyalari;
     
  • Loyihalaringiz piari;
     
  • Investorlar bilan aloqalar;
     
  • Dastur yakunida investitsiyalar - $2 000 ga ega bo‘lish imkoniyati.

Dasturda qatnashish bepul! Arizalar Nukus va Mo‘ynoqda istiqomat qiluvchi ayollardan qabul qilinadi.