C.A.T. Science Accelerator Biotech 3.0

Biz ilmiy ishlanmalar bilan shug‘ullanuvchi loyihalarning korporatsiyalar va biznes bilan aloqasini yo‘lga qo‘yamiz.

Biz ushbu sohalardagi loyihalar bilan ishlaymiz:

  • tibbiyot
  • farmatsevtika
  • sanoat
  • turizm
  • qishloq xo‘jaligi
  • energetika
  • geologiya
  • geofizika
  • fizika va kimyo

Akseleratsiya dasturi haqida

C.A.T. Science Accelerator — “ilmiy” loyihalar va ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish uchun mo‘ljallangan O‘zbekistondagi birinchi akselerator. Biz ilmiy ishlarmalar bilan shug‘ullanuvchi loyihalarning korporatsiyalar va biznes bilan aloqasini yo‘lga qo‘yishni istaymiz.

Akseleratorda qatnashish bepul!

Loyiha tashkilotchilari va hamkorlari:

Ilg‘or Texnologiyalar Markazi, StartupFactory.uz va Green Business Innovation kompaniyalari bilan hamkorlikda. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion Rivojlanish Vazirligi ko‘magida.

Ushbu dastur kimlar uchun mo‘ljallangan:

  • olimlar
  • talabalar
  • tadbirkorlar
  • ixtirochilar va muhandislar
  • marketologlar
  • moliyachilar
  • g‘oyasi bor odamlar uchun

Agar sizda ilmiy g‘oya bor bo‘lsa yoki siz ilmiy startapni rivojlantirishda qatnashishni istasangiz – bizga tashrif buyuring!

Hatto olim bo‘lmasangiz ham – baribir bizga tashrif buyuring! Biz olimlar, marketologlar, yuristlar, iqtisodchilarni bir jamoaga birlashtiramiz, sizlar esa o‘z loyihalaringiz ustida birgalikda ishlaysizlar!

Ro‘yxatdan o‘ting va akselerator jamoasiga qo‘shiling!  

Dasturimizdan quyidagilarni kutishingiz mumkin:

STAGE 1

Rejalashtirish va Customer Development / Muammoli intervyular natijalarini
  • Maqsadli auditoriyaning “og‘riqli” tomonlari va muammolarini izlab topish.
  • Jamoangizning rejalari
  • Muammoli intervyular natijalarini ko‘rsatish (jadvalda / grafikda).
  • Nechta odam/kompaniyalarni so‘rovdan o‘tkazdingiz?
  • Intervyu o‘tkazishdan oldin sizda qanday gipotezalar bor edi?


Siz 4 ta topshiriqni bajarishingiz kerak

- Maqsadli auditoriyangiz kim? Batafsil tavsiflang. Ushbu mijozlarning qaysi muammosini hal etmoqchisiz?
- Loyihangizning 6 oylik ish rejasini tuzing;
- Intervyuni o‘tkazish uchun savollar tuzing;
- Muammoli intervyular natijalarini ko‘rsatish (jadvalda / grafikda).

STAGE 2

Loyihaning biznes-modeli

Startap biznes-modelining asosi. 

Asosni to‘ldiramiz, gipotezalarni sinab ko‘ramiz, biznes-modelni tekshiramiz. 

Barcha startaplar o‘z biznes-modelini to‘ldirishi va platformaga yuklashi kerak

STAGE 3

MVP yaratish

Mahsulot yoki xizmatning prototipi / minimal ishchi versiyasini yaratish ustida ishlash.

Jamoalar real foydalanuvchilarda sinab ko‘rish va teskari aloqaga ega bo‘lish mumkin bo‘lgan mahsulotni yaratadi. 

STAGE 4

Taqdimotni Demo-kunga tayyorlash

Har bir jamoa Demo-kunda chiqish uchun pitch (taqdimot) tayyorlaydi. Taqdimot uchun sizga 5 daqiqa vaqt beriladi.

Biznes-pitchga qo‘yadigan talablar: 


1.Elevator pitch (1 ta gap, esda qoladigan & qiziqarli)

2.Mijozlarning siz hal qilayotgan muammosi

3.Sizning yechimingiz / mahsulotni ko‘rsatish

4.Maqsadli auditoriya / bozor

5.Biznes-model

6.Marketing & Sales strategiya 

7.Moliyaviy prognozlar (3 yil)

8.Jamoa a’zolari & rollar. Kontaktlar va Call-to-action

STAGE 5

Loyihaning biznes -rejasi

Har bir jamoa Innovatsion Rivojlanish Vazirligi taqdim etgan shablonga muvofiq o'z loyihasi uchun biznes -reja tuzishi kerak.

50bir soatlik dastur

C.A.T. Science Accelerator for Central Asia ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish va olimlarning biznes bilan aloqasini yo‘lga qo‘yishga yordam beradi. Akseleratorda qatnashish bepul! Akseleratorimiz sizga nimalar bilan yordam beradi:

 

  • Loyihangiz g‘oyasini tuzilmalash/uning konstruktiv tanqidi
  • Ilg‘or Texnologiyalar Markazining laboratoriyalari va reaktivlari (ilmiy tajribalarni o‘tkazish uchun maydon)
  • Ekspertlar va mentorlar (ilm-fan, biznes sohasida, loyihalarni ishga tushirish, soliqqa tortish, moliya sohasida). Mahalliy va AQSh, Buyuk Britaniya, Finlyandiyadan tashrif buyuradigan xalqaro mentorlar, Markaziy Osiyo mentorlik platformasidan foydalanish
  • MVP (loyihangizning minimal ishchi versiyasi)ni ishga tushirishda yordam berish
  • O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligidan investitsiyalar olish imkoniyati (Innovatsion rivojlanish vazirligining grantlar fondi doirasida akselerator finalchilari biznes-reja tayyorlaydilar va startaplar tanloviga ariza beradilar)
  • Ta’lim dasturi (Accelerate Platform akseleratsiya onlayn-platformasi orqali). Akseleratorda 5 oyga mo‘ljallangan yaxlit dastur mavjud.
  • Konsalting ko‘magi
  • Sohalaringizda faoliyat ko‘rsatuvchi korporatsiyalar va kompaniyalar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish
  • Loyihangiz PR
  • C.A.T. Science accelerator akseleratori GIST Network xalqaro tarmog‘iga kiradi, shu bois GIST ekspertlari loyihalarimiz uchun ham sessiya o‘tkazadi.