Climate Smart Business Incubator

"Climate Smart «yashil» startaplar uchun biznes-inkubator" daturi USAIDning Orol dengizining qurigan tubida ekotizimlarni qayta tiklash 2 (ERAS-II)  loyihasi tomonidan tashkil qilingan.

Biz ushbu sohalardagi loyihalar bilan ishlaymiz:

  • suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya tizimlari;
  • raqamli qishloq xo‘jaligi, aniq dehqonchilik va agrobiznes;
  • qishloq xo‘jaligidagi muqobil energiya manbalari;
  • aylanma iqtisodiyot va chiqindilarni boshqarish;
  • oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash va qadoqlash;
  • qishloq xo‘jalik ekinlarini himoya qilish va chorva mollarini parvarish qilish

Climate Smart Business Inkubator dasturi haqida

Dastur Mo‘ynoq va Nukus tumanlarida (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, O‘zbekiston) «yashil» texnologiyalar sohasida innovatsion yechimlarni amalga oshiruvchi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning malakasini oshirishga yo‘naltirilgan.

Dasturning  tadbirlari 2024-yil fevraldan iyun oyigacha aralash formatda (onlayn va Qoraqalpog‘istonda yuzma-yuz uchrashuvlar) o‘tkaziladi.

Biznes-inkubatorda ishtirok etish bepul!

Dastur ishtirokchilarga nimani taklif qiladi

  • ilmiy va tarmoq ekotizimi bo‘yicha hamkorlar, ehtimoliy investorlar bilan aloqalar.
  • mahsulotlar/xizmatlarni yaxshilash va rivojlantirish uchun biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xizmatlar.
  • tadbirkorlarning ko‘nikmalarini rivojlantirish va salohiyatini oshirish.
  • texnologik konsultatsiyalar va intellektual mulkni himoya qilish masalalari bo‘yicha maslahatlar.
  • 3 ta loyihani moliyalashtirish (1 startap uchun 10 000 AQSh dollarigacha).

Shuningdek, dastur tanlab olingan innovatsion yechimlarning o‘sishini qo‘llab-quvvatlash uchun davlat va xususiy sektor bilan, shu jumladan boshqa inkubatorlar, akseleratorlar va venchur jamg‘armalar bilan sheriklik va o‘zaro hamkorlikning innovatsion modellarini yo‘lga qo‘yishga harakat qiladi.

Dasturimizdan quyidagilarni kutishingiz mumkin:

STAGE 1

Rejalashtirish va Customer Development / Muammoli intervyular natijalarini
  • Maqsadli auditoriyaning “og‘riqli” tomonlari va muammolarini izlab topish.
  • Jamoangizning rejalari
  • Muammoli intervyular natijalarini ko‘rsatish (jadvalda / grafikda).
  • Nechta odam/kompaniyalarni so‘rovdan o‘tkazdingiz?
  • Intervyu o‘tkazishdan oldin sizda qanday gipotezalar bor edi?

2024-yil 15-martgacha 4 ta vazifani bajarishingiz kerak

- Maqsadli auditoriyangiz kim? Batafsil tavsiflang. Ushbu mijozlarning qaysi muammosini hal etmoqchisiz?
- Loyihangizning 5 oylik ish rejasini tuzing;
- Intervyuni o‘tkazish uchun savollar tuzing;
- Muammoli intervyular natijalarini ko‘rsatish (jadvalda / grafikda).

STAGE 2

Loyihaning bozor va biznes-modeli

Startap biznes-modelining asosi. 

Asosni to‘ldiramiz, gipotezalarni sinab ko‘ramiz, biznes-modelni tekshiramiz. 

Barcha startaplar o‘z biznes-modelini to‘ldirishi va platformaga yuklashi kerak

STAGE 3

MVP yaratish

Mahsulot yoki xizmatning prototipi / minimal ishchi versiyasini yaratish ustida ishlash.

Jamoalar real foydalanuvchilarda sinab ko‘rish va teskari aloqaga ega bo‘lish mumkin bo‘lgan mahsulotni yaratadi. 

STAGE 4

Loyihaning biznes -rejasi

Har bir jamoa Innovatsion Rivojlanish Agentligi taqdim etgan shablonga muvofiq o'z loyihasi uchun biznes -reja tuzishi kerak.

STAGE 5

Taqdimotni Demo-kunga tayyorlash

Har bir jamoa Demo-kunda chiqish uchun pitch (taqdimot) tayyorlaydi. 

Taqdimot uchun sizga 5 daqiqa vaqt beriladi.

50bir soatlik dastur

Climate Smart «yashil» startaplar uchun biznes-inkubator dasturining maqsadlari:

  • Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq va Nukus tumanlarida iqlim o‘zgarishi va Orol dengizining qurishi oqibatlarini yengib o‘tish uchun barqaror va moliyaviy jihatdan yaroqli yechimlarni ilgari suruvchi innovatsion g‘oyalarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash.
  • Loyihalar asoschilari va startaplarning o‘z g‘oyalarini muvaffaqiyatli biznesga aylantirish salohiyatini kuchaytirish.
  • Mo‘ynoq va Nukus tumanlari ekotizimini rivojlantirishga ta’sir etuvchi iqlim o‘zgarishi muammolari haqida xabardorlikni oshirish, turli sektorda faoliyat ko‘rsatuvchi tashkilotlar o‘rtasida sheriklik va aloqalarni yo‘lga qo‘yish, yechimlar portfoliosini ishlab chiqish hamda hukumat, nodavlat notijorat tashkilotlari va xususiy sektorning faoliyati va hamkorligini rag‘batlantirish orqali innovatsiyalarni ilgari surish.