“Startap tashabbuslari” dasturi Qashqadaryo viloyatida

G'oyalarni yarat. Amalga oshir. Hayotni yanada yaxshila

Ushbu dastur yoshlarning innovatsion g’oyalari va startap-loyihalarini rivojlantirishni qo’llab-quvvatlashning qisqa muddatli intensiv dastur bo’lib, innovatsion g’oyalarning hayotiyligini tezkor tekshirish, minimal ishchi mahsulotlarini yaratish, biznes modellarini sinab ko’rish, yoshlarda innovatsion tadbirkorlik ko’nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.

 

Qo’llab-quvvatlash dasturi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi va O’zbekiston Respublikasi Bandlik va Mehnat Munosabatlari qo’shma loyihasi doirasida Rossiya Federatsiyasi moliyaviy ko’magi asosida amalga oshiriladi.

Qatnashchilardan nima talab etiladi?

  • Maksimal darajada qatnashish va barcha tadbirlarda faol ishtirok etish
  • Loyihani amalga oshirish bilan bog’liq jadal va mustaqil mehnatga tayyorlik
  • Loyihangizga nisbatan ishtiyoq, fikrlash erkinligi va ijodkorona yondashish
  • Natijaga e’tibor qaratish va maqsadga erishish uchun tadbirkorona yondashuv
  • Konstruktiv tanqidni qabul qilish, teranlik va yuqori ichki energiya

Kimlar qatnashishi mumkin
 

Dasturda 16 yoshdan yuqori bo’lgan tashabbuskor yoshlar, tadbirkorlar, ixtirochilar, talabalar, oliy ta’lim muassasalari o’qituvchi va tadqiqotchilari, kasb-hunar kolleji va akademik litsey bitiruvchilari ishtirok etishga taklif etiladilar.

Qizlar boshchilik qiladigan jamoalar yoki loyiha jamoasi tarkibida ta’sischi sifatida ishtirok etadigan qizlar mavjud jamoalar qatnashishlari rag‘batlantiriladi.

Dasturimizdan quyidagilarni kutishingiz mumkin:

STAGE 1

Customer Development
  • Maqsadli auditoriyaning “og‘riqli” joyi va muammolarini topish.
  • Mijozlarni segmentlarga ajratish
  • Muammoni ko‘taradigan intervyu (B2C  uchun kamida 50 ta va B2B uchun kamida 15 ta yakunlangan intervyu)

Siz 4 ta vazifani bajarishingiz va o‘zingiz o‘tkazgan muammo ko‘tarilgan intervyu bo‘yicha hisobot tayyorlashingiz kerak:

  1. Maqsadli auditoriyangiz kim? Batafsiz tavsiflang
     
  2. Siz bu mijozlarning qaysi muammosini hal etmoqchisiz? 
     
  3. Muammo ko‘tarilgan intervyu uchun so‘rovnoma tayyorlash (muammoli intervyuda mijozlaringizga beradigan savollaringiz ro‘yxati)
     
  4. Muammoli intervyular natijalarini ko‘rsatish (jadvalda / grafikda). Nechta odam/kompaniyalarni so‘rovdan o‘tkazdingiz? Intervyu o‘tkazishdan oldin sizda qanday gipotezalar bor edi? Intervyudan keyingi asosiy xulosalaringiz. Intervyudan keyin gipotezalaringizda nimalar o‘zgardi? 

Ikkinchi bosqich vazifasimijozlarning muammolarini tadqiq qilish / hozir odamlar bunday muammolarni qanday hal qilishini tushunish va bozor haqidagi / mijozlarning muammolari haqidagi gipotezalaringizni hamda mahsulotingiz / xizmatlaringiz qay darajada zarurligini tekshirish. 

 

STAGE 2

MVP yaratish

Mahsulot yoki xizmatning prototipi / minimal ishchi versiyasini yaratish ustida ishlash.

Jamoalar real foydalanuvchilarda sinab ko‘rish va teskari aloqaga ega bo‘lish mumkin bo‘lgan mahsulotni yaratadi. MVP (mahsulotning minimal hayotga layoqatli versiyasi)ni tavsiflash

3 vazifa: MVP yaratish + yechim taklif etiladigan intervyu + sotish (yaxshisi).

STAGE 3

Biznes-model, loyiha metrikalari

Bu vazifada 3 ta topshiriq bor:

1.) Bozor hajmini hisoblashga urinib ko‘rish 
2.) Asosiy metrikalarni hisoblashga urinib ko‘rish 
3.) Biznes modelingizni ko'rsating (qaysi mahsulot yoki xizmat, qaysi xaridorlarga va qanday narxda sotasiz).

 

STAGE 4

Demo kuni uchun taqdimot tayyorlash

Demo kunida chiqish uchun har bir jamoa loyiha talablariga binoan taqdimot tayyorlaydi.

Siz 2 ta faylni yuborishingiz kerak: taqdimoti (Power Point / PDF) va sizning video pitch.

30bir soatlik dastur

Dastur qatnashchilari nimaga erishadilar?
 

  • Akseleratsiya dasturida qatnashish. Loyihani hayotiyligini tezkor tekshirish hamda vaqt va resurslarni tejash.

  • Bilim olish. Innovatsion g’oyalar va startap loyihalarini yaratish hamda   rivojlantirish uslubi va qurollari haqida bilim olish

  • Loyiha yo‘l xaritasi.  Jamoangizni kuzatib boradigan biznes ustoz bilan loyihani amalga oshirish yo’l xaritasini ishlab chiqish

  • Mahorat dastlari va maslahatlar.  Onlayn-seminarlarda ishtirok etish hamda bozordagi yetakchi mentor va ekspertlardan maslahatlar olish.

  • Marketing va mijozlarni o’rganish. Loyihaning maqsadli mijozlarini aniqlash, qiymat takliflarini va gipotezalarini amalda tekshirish.

  • Hamkorlik. Loyihaning eng kichik ishchi modelini yaratish, uni sinash va u haqidagi fikrlarni to’plash uchun hamkorlar resurlaridan foydalanis

  • Sarmoyachilarga taqdim etish. Dastur finalchilari o’z startap loyihalarini amalga oshirishda erishgan natijalarini “Taqdimot kuni” (Demo Day) sarmoyachilarga namoyish etadilar va loyihalarni amalga oshirish uchun investitsiya jalb qilish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

  • Moliyaviy ko’mak va mukofotlar. Eng yaxshi 40 ta loyiha qimmatli sovg’alar va o’z loyihalarini rivojlantirish uchun 50 million so’mgacha maqsadli beg’araz pul mukofotlariga ega bo’lishadi

  • PR ko’mak. Loyihangizni PR qilishda, sarmoya jalb qilish va xorij davlatlarining akseleratsiya dasturlarida ishtirok etishda ko’maklashish.