UniSat: qizlar uchun nanoyo‘ldoshni yig‘ish va uchirish bo‘yicha dastur

Launch Your Dream!

UniSat — bu UNICEF O‘zbekistonTech4impact NNT va O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining hamkorlikdagi dasturi.

UniSat missiyasi — qizlarda jamoada ishlash, omma oldida chiqishlar qilish, vaqtni samarali boshqarish, ijtimoiy moslashuvni oshirish bo‘yicha bilimlar va ko‘nikmalarni rivojlantirish. Bu ilm-fan, kosmik texnologiyalar, STEM-ta’limni ommalashtirish va keng jamoatchilik e’tiborini O‘zbekistonning ilg‘or yoshlari orasida texnologik sohalarda gender masalasiga jalb qilish dasturi.

Ishtirokchi qizlar dasturiy va apparat ta’minotini ishlab chiqish sohasidagi yetakchi mutaxassislardan CubeSat formatidagi haqiqiy nanoyo‘ldoshni yig‘ish va uni stratosferaga uchirishni o‘rganishadi, kosmik texnikani 3D-modellashtirish, kommunikatsiyalarni boshqarishning dasturiy bloklarini loyihalashtirish bo‘yicha bilimlarga va Linux ostiga dasturlashtirish asoslariga  ega bo‘lishadi.

UniSat dasturidagi faoliyat qanday amalga oshadi?
 

  • Siz turli fan sohalarining ekspertlari, kosmik texnologiyalar sohasida ishlaydigan muvaffaqiyatli ayollar bilan onlayn-sessiyalarda qatnashasiz, ular sizga o‘z muvaffaqiyatlari haqidagi hikoya qiladi va qizlar uchun murabbiylarga aylanadi
  • Biz nanoyo‘ldoshlarni loyihalashtirish, dasturlashtirish va yig‘ish bo‘yicha onlayn va offlayn-seminarlarni o‘tkazamiz
  • Ekspertlar tomonidan butun O‘zbekistondan yigirmata eng faol va mas’ul ishtirokchi qizlar jamoasi saralab olinadi va Qozog‘istonning Almati shahrida nanoyo‘ldoshni yig‘ish bo‘yicha bir haftalik amaliy kursga taklif qilinadi.
  • Siz Qozog‘iston va Qirg‘izistonlik qizlar bilan birgalikda nanoyo‘ldoshni stratosferaga uchirish bo‘yicha Markaziy Osiyo chellenjida qatnashasiz.

Qanday qilib UniSat dasturining ishtirokchisiga aylanish mumkin?

Dasturda O‘zbekistonning istalgan hududidan 15 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan qizlar qatnashishi mumkin. Maxsus ma’lumot va ko‘nikmalar talab qilinmaydi.

Biz sizlarni g‘aroyib sayohatga taklif etamiz. Innovatsiyalarni chetdan kuzatmang, ularni biz bilan birga yarating!

Dasturimizdan quyidagilarni kutishingiz mumkin:

STAGE 1

Kosmik kasblar bo'yicha seminar uchun topshiriq

Taqdirini kosmos va ilm-fan bilan bog‘lagan ayollar, ular bizlarni ilhomlantiradi va rag‘batlantiradi. Ular haqida gaplashamiz :-) 

STAGE 2

2-Uy vazifasi

Oxirgi seminarda spikerimiz Lyubov Shlyaxtenkova Sibir Aerokosmik universitetida qanday o‘qigani haqida hikoya qilib berdi. 

Lyubov parvozlarni boshqarish talabalar markazida va “Kosmik apparatlar va tizimlar” markazida ko‘plab amaliy ishlar va tadqiqotlarni o‘tkazgan.

Kelgusida sun’iy yo‘ldoshlarni uchirishlarda qatnashish uchun spikerimiz ko‘plab fizika va aerodinamika qonunlarini o‘rgangan.

Bir nechta savolga javoblarni yozing

STAGE 3

3-Uy vazifasi: Nanosun’iy yo‘ldoshlar bo‘yicha obzor va UniSat nanosun’iy yo‘ldoshining kichik tizimiga kirish

CubeSat standartidagi nanosun’iy yo‘ldoshlar qanday paydo bo‘lgan?  
Hammasi nimadan boshlangan, kosmosda nanosatlar yordamida qanday tadqiqotlar olib boriladi?
Kubsat missiyasi o‘zi nimaligiga aniqlik kiritamiz va nanosatlar yordamida qanday kashfiyotlar qilingani haqida bilib olamiz.

STAGE 4

4-vazifa: UniSat nanosun’iy yo‘ldoshi kichik tizimlarining dastlabki/batafsil dizayni

UniSat Software Kit (USK) kichik tizimlarining standart to‘plamini ko‘rib chiqamiz hamda kosmik apparatning hayotiy sikli nimaligini va nanosun’iy yo‘ldoshni boshqarish uchun qanday dasturlash tillari qo‘llanishi haqida bilib olamiz.

STAGE 5

«Ma’lumotlarni uzatish tizimi» mavzusi bo‘yicha uy vazifasi #5

Aziz Raximovdan uy vazifasi, barcha ishtirokchilar bajarishi majburiy

STAGE 6

Mashg‘ulotlar mavzusi: "Tinkercad simulyatorida oddiy sxemalarni yaratish va dasturlash"

Eldar Appazovdan uy vazifasi, , barcha ishtirokchilar bajarishi majburiy

STAGE 7

Astronomiya fanidan 7-topshiriq, Nurjamal Berdaliyevadan

Amaliy vazifa

STAGE 8

8-topshiriq: ARDUINO dasturlash asoslari

Murabbiy Eldar Appazovdan vazifa

STAGE 9

9-vazifa: Python darsi bo‘yicha

Aziz Raximovdan uy vazifasi

STAGE 10

UniSat Software bo'yicha vazifa #10

Eldar Appazov darsi mavzusi bo'yicha uy vazifasi: UniSat Software: asosiy algoritmik tuzilmalar

STAGE 11

11-vazifa: Python darsi bo‘yicha

Aziz Raximovdan uy vazifasi

STAGE 12

12-vazifa: sun'iy intellekt bo'yicha

«AI va IoT» mavzusi bo‘yicha vebinardagi ishtirokingiz sizlarga IoT olamida IT-mutaxassislar nimalarni o‘ylab topayotgani haqida ko‘plab qiziqarli ma’lumotlar berdi. Savollarga javob bering

STAGE 13

Tinkercad bo'yicha vazifa #13

Eldar Appazovning 28-yanvardagi seminari bo'yicha topshiriq

STAGE 14

Tinkercad bo'yicha vazifa #14

Eldar Appazovning 8-fevraldagi seminari bo'yicha topshiriq

STAGE 15

15-vazifa: Python darsi bo‘yicha

Aziz Raximovdan uy vazifasi

STAGE 16

Tinkercad bo'yicha vazifa #16

Eldar Appazovning 15-fevraldagi seminari bo'yicha topshiriq

55bir soatlik dastur

Nimalarni o‘rganasiz?

  • Jamoani shakllantirish va vaqtni rejalashtirish;
  • Yo‘ldoshning dastlabki dizayniga va 3D modellashtirishga kirish;
  • Dasturiy ta’minot integratsiyasi va uskunalarni yig‘ish;
  • UniSat nanoyo‘ldoshini loyihalashtirish va ishlab chiqishga muhandislik yondashuvi;
  • UNISAT tomonidan qo‘llanadigan Yevropa kosmik sanoat standarti (ECSS);
  • Ma’lumotlar tahlili va boshqa ko‘plab qiziqarli fanlar