UniSat 2.0: qizlar uchun nanoyo‘ldoshni yig‘ish va uchirish bo‘yicha dastur

Launch Your Dream!

UniSat — bu UNICEF O‘zbekistonTech4impact NNT va O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining hamkorlikdagi dasturi.

UniSat missiyasi — qizlarda jamoada ishlash, omma oldida chiqishlar qilish, vaqtni samarali boshqarish, ijtimoiy moslashuvni oshirish bo‘yicha bilimlar va ko‘nikmalarni rivojlantirish. Bu ilm-fan, kosmik texnologiyalar, STEM-ta’limni ommalashtirish va keng jamoatchilik e’tiborini O‘zbekistonning ilg‘or yoshlari orasida texnologik sohalarda gender masalasiga jalb qilish dasturi.

Ishtirokchi qizlar dasturiy va apparat ta’minotini ishlab chiqish sohasidagi yetakchi mutaxassislardan CubeSat formatidagi haqiqiy nanoyo‘ldoshni yig‘ish va uni stratosferaga uchirishni o‘rganishadi, kosmik texnikani 3D-modellashtirish, kommunikatsiyalarni boshqarishning dasturiy bloklarini loyihalashtirish bo‘yicha bilimlarga va Linux ostiga dasturlashtirish asoslariga  ega bo‘lishadi.

UniSat dasturidagi faoliyat qanday amalga oshadi?
 

  • Siz turli fan sohalarining ekspertlari, kosmik texnologiyalar sohasida ishlaydigan muvaffaqiyatli ayollar bilan onlayn-sessiyalarda qatnashasiz, ular sizga o‘z muvaffaqiyatlari haqidagi hikoya qiladi va qizlar uchun murabbiylarga aylanadi
  • Biz nanoyo‘ldoshlarni loyihalashtirish, dasturlashtirish va yig‘ish bo‘yicha onlayn va offlayn-seminarlarni o‘tkazamiz
  • 20 nafar qiz Toshkentda InnoLab laboratoriyasida CubeSat’ni yig‘ish bo‘yicha stajirovkadan o‘tadi.
  • Har biri 10 nafar ishtirokchi qizdan iborat 2 ta ekipaj 2023-yil bahorida o‘zlari yasagan CubeSat’ni stratosferaga uchirish bo‘yicha musobaqalarda qatnashadi.

Qanday qilib UniSat dasturining ishtirokchisiga aylanish mumkin?

Dasturda O‘zbekistonning istalgan hududidan 15 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan qizlar qatnashishi mumkin. Maxsus ma’lumot va ko‘nikmalar talab qilinmaydi.

Biz sizlarni g‘aroyib sayohatga taklif etamiz. Innovatsiyalarni chetdan kuzatmang, ularni biz bilan birga yarating!

Dasturimizdan quyidagilarni kutishingiz mumkin:

STAGE 1

Uy vazifasi №1

Hamkorlarimiz sizlar uchun biz darslar davomida hikoya qilgan mavzular bo‘yicha savollarni tayyorladi.

Vazifadagi har bir savol nafaqat astronomiya, matematika, fizika fanlari bo‘yicha bilimlaringizni, balki mantiqiy fikrlash qobiliyatingizni, umumiy bilimlaringiz va zehningizni ham aniqlashga yordam beradi. 

STAGE 2

Uy vazifasi #2

3D modellashtirish bo‘yicha birinchi darsda kubsatimiz korpusi yaratiladigan dastur haqida bilib oldingiz.

Avtomatlashtirilgan dasturlash tizimida – OnShape dasturida prototiplarni yaratish va 3D modelni loyihalashni o‘rganasizlar.

STAGE 3

Uy vazifasi #3

Ishni CAD.OnShape dasturida davom ettiramiz

STAGE 4

Uy vazifasi #4

Ishni CAD.OnShape dasturida davom ettiramiz

STAGE 5

Uy vazifasi #5

UniSat 2.0  barcha ishtirokchi qizlarni bilimlarning yangi bosqichida qutlaydi. Biz ushbu uy vazifasida savollarga javob berish qiziqarli bo‘lishi uchun qiziqarli kosmik mavzularni to‘pladik. Qani, boshladik!

STAGE 6

Uy vazifasi #6

"KUBSATNING APPARAT KOMPONENTLARI VA KICHIK ELEKTR TIZIMLARI" mavzu bo'yicha vazifasi

STAGE 7

Uy vazifasi #7

Kubsat quyi tizimlarining elektr texnikasi. Tinkercad orqali eng sodda sxemalarni yaratish.

STAGE 8

Uy vazifasi #8

Ushbu uy vazifasida biz Arduino uchun dasturlar yozamiz

STAGE 9

Uy vazifasi #9

UniSat Software bilan tanishishda davom etamiz. Biz darsda TinkerCad dasturida asosiy algoritmik konstruksiyalarni ko‘rib chiqdik. Ushbu dasturlar kubsat datchigi ishlashi uchun zarur, shu bois amaliy vazifalar sizga UniSat’ning foydali yuklamasini prototiplash bilan tanishish imkonini beradi.

STAGE 10

Uy vazifasi #10

Bu safar TinkerCad dasturida loyihalar yaratamiz va CubeSat foydali yuklamasining ishini modellashtiramiz. Shuningdek, oldingizga, internetda kosmik radiatsiya hamda nanosun’iy yo‘ldoshning apparat komponentlari va kichik tizimlarini himoya qilishning muhandislik metodlari haqidagi materiallarni o‘rganib, 5-savolga javob berish vazifasi ham qo‘yilgan.

STAGE 11

Uy vazifasi #11

Mashg‘ulotlarimizning mavzulari CubeSat datchiklarini batafsil o‘rganishga bag‘ishlangan. Kubsat parvozining missiyasi datchiklarning to‘laqonli ishlashiga va biz yer ustidagi stansiyada  qabul qiladigan ma’lumotlarga bog‘liq. Uzatiladigan to‘g‘ri ma’lumotlar siz o‘zingizning ilmiy hisobotingizda aks ettiradigan ma’lumotlar tahlilini (Data Analysis) shakllantiradi.  Yangi uy vazifasi sizni kubsat prototipi uzatadigan ma’lumotlarni tahlil qilishga o‘rgatadi.

STAGE 12

Uy vazifasi #12

Arduino muloqot qilishni biladi, endi bizga o‘zaro ma’lumotlar almashish jarayoni qanday yuz berishi ma’lum. UniSat 2.0 o‘quv moduliga yakun yasaydigan uy vazifasi uchta vazifani o‘z ichiga olgan

STAGE 13

Uy vazifasi #13

Ushbu uy vazifasi ma’lumotlarni kodlash va uzatish usullari bilan bog‘liq mavzulardagi savollarni o‘z ichiga olgan. Siz axborotni ASCII tizimida qanday qilib kodlash mumkinligini, radioalmashinuv tili nima ekanini bilib oldingiz, endi siz kosmik apparatlar, teleskoplardan signal berilishi mumkin bo‘lgan masofaning dastlabki hisoblash ishlarini bajarishingiz mumkin.

STAGE 14

Uy vazifasi #14

Ushbu uy vazifasi kubsatning barcha kichik tizimlari qanday ishlashini o‘rganish bo‘yicha bizning o‘quv modulimizni yakunlaydi. Siz ma’lumotlarni uzatish usullari haqida ko‘plab qiziqarli narsalarni bilib oldingiz, axborotni kodlashni o‘rgandingiz va endi o‘zingizning radio almashuv alifboingizni ham yaratishingiz mumkin. Biz sizlar uchun aniq fanlar sohasida umumiy rivojlanish uchun yoki o‘z ixtiroingizni yaratish uchun ishlashingiz kerak bo‘lgan savollarni to‘pladik.
Albert Eynshteyn shunday deb yozadi: "Informatsiya sof ko‘rinishda – bu bilim emas. Haqiqiy bilim manbai – bu tajriba".

55bir soatlik dastur

Nimalarni o‘rganasiz?

  • Jamoani shakllantirish va vaqtni rejalashtirish;
  • Yo‘ldoshning dastlabki dizayniga va 3D modellashtirishga kirish;
  • Dasturiy ta’minot integratsiyasi va uskunalarni yig‘ish;
  • UniSat nanoyo‘ldoshini loyihalashtirish va ishlab chiqishga muhandislik yondashuvi;
  • UNISAT tomonidan qo‘llanadigan Yevropa kosmik sanoat standarti (ECSS);
  • Ma’lumotlar tahlili va boshqa ko‘plab qiziqarli fanlar